Jamiyat 5.0

Jamiyat 5.0

Jamiyat 5.0 (inglizcha: „Society 5.0“ yoki „Super Smart Society“) — hayotning barcha jabhalarida raqamli texnologiyalardan foydalanishga asoslangan jamiyatni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy strategiyasi.

Bunday jamiyat gʻoyasi Yaponiyaning inson kapitalini rivojlantirish milliy strategiyasining bir qismidir. Jamiyat 5.0 strategiyasi Yaponiyaning yaqin kelajakdagi texnologik rivojlanishini bashorat qilishning yangi yondashuvidir. Yaponiya innovatsion rivojlanish prognozlarining birinchi tahlili (2000-yilgacha boʻlgan davrda) 1971-yilda nashr etilgan. Gorizonti 2050-yilgacha kengaytirilgan joriy 10-prognoz esa 2015-yil mart oyida taqdim etilgan[1][2][3].

„Jamiyat 5.0“ konsepsiyasining yaratilishi Yaponiyaning uzoq muddatli rivojlanish, jahon iqtisodiyotida yetakchi mavqeini saqlab qolish yoki egallash yuzasidan o‘z tashabbuslarini ilgari surish bo‘yicha boshqa davlatlarning strategiyalariga javobi bo‘ldi. Masalan, Germaniyaning High-Tech Strategy 2025 strategiyasi mohiyati eng yangi texnologiyalardan, jumladan, ishlab chiqarish sanoatida IoTdan foydalanishdan iborat; AQSH sanoat Interneti strategiyasi esa axborot jarayonlarini ishlab chiqarish bilan birlashtirgan keng qamrovli yechimni yaratishni oʻz ichiga oladi[4].

  1. „Краткий обзор опыта прогнозирования научно-технического прогресса“. Научно-исследовательский центр индустриальных проблем развития НАН Украины. 2018-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-iyul.
  2. „Денисов Ю.Д. Анализ японских прогнозов инновационного развития 1971-2014 гг.“. japanstudies.ru. 2018-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  3. „Денисов Ю. Д. «Японский путь научно-технического развития»“. cyberleninka.ru. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  4. „KEIDANREN (Japan Business Federation)“. keidanren.or.jp. 2018-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy